Mourinyo: "MYU mag'lubiyatlar tufayli o'z uslubini o'zgartirmaydi"

Aslanov Jasurbek
24 dek 2016, 17:43
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourinyoning so'zlariga ko'ra, jamoa mag'lubiyatlardan keyin ham o'yin uslubini o'zgartirmaydi.

"Biz o'sish uchun ishlashimiz kerak, ammo qanday o'ynashimiz aniq. Jamoa bu uslubga ishonadi. Natijalar yomon bo'lsa ham uni o'zgartirmoqchi emasmiz. Shu yo'l bilan uslubimiz kuchayib boradi. G'alaba g'ozonsang, bunga ko'proq ishona boshlaysan. Mag'lub bo'layotganingda to'g'ri yo'lda ekanligingni tushunish kerak" - deydi Mourinyo.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Telegraph