Mourinyo “MYU” bilan shartnomasini 2020 yilga qadar uzaytirdi

25 yanv 2018, 22:28
“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Joze Mourinyo klub bilan shartnomasini uzaytardi.

Portugaliyalik mutaxassis bilan kelishuv 2020 yilga qadar amalda bo'ladi tomonlar kelishuvi bilan bu yana bir yilga uzaytirilishi mumkin.

Mourinno 2016 yilning yozida “MYU”ga bosh murabbiy etib tayinlanlandi. Uning qo'l ostida ilk mavsumda “qizil iblislar” APL turnir jadvalida 6-o'rinni egallashdi Shuningdek Angliya Liga kubogi va Yevropa ligasida g'olib chiqishdi.

Ayni paytda “Yunayted” 24-turdan so'ng APL turnir jadvalida peshqadam “Manchester Siti”dan 12 ochko ortda qolgan holda ikkinchi o'rinda bormoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: "МЮ" расмий сайти