Mourinyo Fellaynini Italiyaga qo'yib yubormoqchi emas

Aslanov Jasurbek
22 dek 2016, 17:43
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Maruan Fellayni yanvarda jamoani tark etmasligi mumkin.

Futbolchining xizmatlariga "Milan" va "Inter" qiziqish bildirmoqda, ammo mankunianlar ustozi Joze Mourinyo belgiyalikni qo'yib yubormoqchi emas.

Ma'lumotlarga ko'ra, portugaliyalik mutaxassi 29 yoshli futbolchiga ishonch bildirmoqda.

Joriy mavsumda Fellayni APLning 13 ta uchrashuvida maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: ESPN FC