Mourinyo: "Fabregas bilan yarim himoyamiz ancha kuchayadi"

Narzulla Saydullayev
15 iyun 2014, 14:47
"Chelsi" bosh murabbiyi Joze Mourinyo "Barselona"dan yarim himoyachi Sesk Fabregasning sotib olinishi borasida o'z fikrlarini bildirdi.
"Sesk - ajoyib futbolchi, u jamoaga katta foyda keltiradi. Fabregas Matich, Ramires va Oskarga o'xshamaydi. U orqali yarim himoyamizni ancha kuchaytirib oldik", - deydi Mourinyo.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: soccer.ru