Mourinyo: "Yevropa ligasi - MYU ishtirok etishni orzu qilgan turnir emas"

Aslanov Jasurbek
15 sen 2016, 11:31
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourinyo "Feyenoord"ga qarshi bo'lib o'tadigan Yevropa ligasi guruh bosqichining birinchi tur bahsi haqida fikr bildirdi.

"Turnirda g'alaba qozonish haqida gapirishga erta. Ammo biz yirik klubmiz, shu sababli "Manchester Yunayted"da o'ynasang har bir bahs muhim. Yevropa ligasi - MYU ishtirok etishni orzu qilgan turnir emas. Bu har bir kuchli futbolchining eng katta niyati emas. Ammo biz bu musobaqada g'olib chiqmoqchimiz. Bu haqda gapirish oson, ammo bajarish qiyin. Lekin bu turnirda bizga aynan shu natija kerak.

Raqiblarimizni hurmat qilamiz, ammo bu erga g'alaba maqsadida keldik. Juda yaxshi tarkib bilan kelganmiz. Har bir futbolchi payshanba kuni maydonga tushishni istamoqda" - deydi Mourinyo.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Yahoo Sports