Moura "Tottenxem" bilan shartnomasini uzaytirdi

9 avg 2019, 21:10
"Tottenxem" yarim himoyachisi Lukas Moura londonliklar sharafini yana kamida 5 yil himoya qilishi mumkin.

Boisi, braziliyalik 27 yoshli yarim himoyachi "shporlar" bilan 2024 yilga qadar mo'ljallangan yangi shartnomaga imzo chekdi. U 2018 yil yanvar oyidan beri "Tottenxem" safida harakat qilmoqda. 



O'tgan mavsum Lukas APLning 32 o'yinida maydonga tushib 10 ta gol va 2 ta assist qayd etdi. 

O'xshash yangiliklar


Manba: tottenhamhotspur.com