Morataning "Barselona"ga o'tishi Ikardiga bog'liq

Оқил Абдубарноев
3 yanv 2022, 00:47
"Yuventus" hujumchisi Alvaro Morata kelgusi yozda Ispaniyaga qaytib, Kataloniyaning "Barselona" klubi a'zosiga aylanishi mumkin.

Turin klubi Morataning o'rniga boshqa hujumchi sotib olishni afzal ko'rmoqda.

Morata o'rnini bosadigan variantlardan biri hozirda PSJda o'ynayotgan Mauro Ikardi hisoblanadi. Agarda "Yuventus" argentinalik futbolchini qo'lga kirita olsa, Morata bemalol "Barselona"ga o'tishi mumkin.

Joriy mavsumda Ikardi PSJ safida Liga 1'da 15 ta o'yin o'tkazib, 4 ta gol urdi. Argentinalik futbolchi A Seriyasida "Inter" va "Sampdoriya" safida 8 yil to'p surgan. Bu vaqt ichida u chempionatda 121 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: euro-football.ru