Morata styuard bilan to'qnashib kyetib jarohat oldi va Evro finalini o'tkazib yuborishi mumkin

Sherzod Nurmatov
10 iyul 2024, 15:35
"Marca" xabariga ko'ra, g'alati jarohat Ispaniya terma jamoasi sardori va hujumchisi Alvaro Moratani Yevropa chempionati finalisiz qoldirishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, Ispaniya terma jamoasi Evro-2024 yarim finalida Fransiyani mag'lub etdi (2:1) va odatdagidek o'z muxlislari oldida bayram qilish uchun maydonda qoldi. O'shanda Turkiya terma jamoasi libosini kiygan muxlis maysaga tushib kelishga muvaffaq bo'ldi va ular bilan suratga tushish uchun ispaniyalik futbolchilar tomon yugurdi. Styuardlar qoidabuzarni to'xtatishga harakat qilishdi, biroq bu jarayonda xavfsizlik xodimlaridan biri sirpanib kyetib, Alvaro Morataning oyog'iga yiqildi. Hujumchi yiqilmadi, biroq og'riq tufayli tizzasini ushlab qoldi, shundan so'ng u oqsoqlangan holda kiyim almashtirish xonasiga yo'l oldi.



Shifokorlar hozircha aniq ma'lumot bera olishmayapti, biroq Morata jiddiy jarohat olgan bo'lishi va bir necha haftaga o'yindan tashqari holatda qolish ehtimoli bor. Batafsil tashxis bugun futbolchi mahalliy klinikada to'liq tekshiruvdan o'tkazilganidan so'ng qo'yiladi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: news.sky.com