Monchi: Alisson borasida hech qanday taklif olmadik

18 mar 2018, 22:57
Braziliyalik darvozabon borasida “Roma”ga hech kim taklif bilan chiqmagan.

“Roma” sport direktori Monchi jamoa darvozaboni Alissonga “Real”, “Chelsi” va “Liverpul”dan qiziqish borligiga oydinlik kiritdi.

“Alissonni yo'qotishdan qo'rqmaymiz. U “Roma”da baxtli, biz esa u bilan baxtlimiz. Gazetalarda yozilayotganlar haqiqatdan yiroq. Klub darvozabon borasida hech kimdan taklif olgani yo'q”, - deydi Monchi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Football Italia