"Monako" - "Yuventus" 0:2 FOTO + VIDEO

Narzulla Saydullayev
4 may 2017, 01:34
Yevropa chempionlar ligasi yarim finali doirasidagi "Monako" - "Yuventus" uchrashuvi bo'lib o'tdi.


Bahsning eng muhim vaziyatlari, foto va videolarini shu sahifada kuzatib borish mumkin bo'ldi.


Monako Monako – Yuventus Italiya 0:2
3 may, 23.45, Lui II

Gollar: 0:1 – 29 Iguain, 0:2 – 59 Iguain.

Monako – Subashich, Glik, Sidibe, Fabino, Jemerson, Bakayoko (Moutinyu, 67), Bernardu Silva (Ture, 81), Lemar (Jermen, 67), Dirar, Mbappe, Falkao.
Yuventus –   Buffon, Bonuchchi, Kellini, Aleks Sandro, Bardzali, Pyanich (Lemina, 89), Markizio (Rinkon, 81), Dani Alves, Mandjukich, Iguain (Kuadrado, 77), Dibala.
Ogohlantirishlar: Bonuchchi (21), Fabino (37), Markizio (58), Kellini (69).


1. Uchrashuv boshlandi!


17. ZARBAAAAAAAAAAAAA! MBAPPPEEEEEEE! O'ng qanotdan uzatilgan to'pni Mbappe darvozaga yo'lladi, Buffon to'pni qiyinchilik bilan qaytardi!


Monako shaxzodasi o'z turmush o'rtog'i bilan



28. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! GONSALO IGUAIN! Dani Alvesning tovonidan pas qabul qilib olgan Iguain to'pni to'xtatmay turib darvozaga joylab qo'ydi - 0:1


Iguainning golini tomosha qiling (TAS-IX emas)



37. Dibala 25 metrlardan belgilangan jarima to'pini amalga oshirdi, Subashich o'z o'rnida!


45. Birinchi taym tugadi. Hozircha "Yuventus" 1:0 hisobida oldinda


46. Ikkinchi taym boshlandi.

57. Falkao va Mbappe hozircha gol ura olishmayapti



59. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! YANA IGUAIN! 0:2. O'ng qanotdan Dibala-Dani Alves kombinaciyasidan so'ng braziliyalik futbolchi to'pni jarima maydoniga uzatdi, Iguain esa boshi bilan gol urishga erishdi.


Iguainning ikkinchi golini tomosha qiling (TAS-IX  emas)


80. "Yuventus" safarda o'zi uchun juda qulay natijaga erishmoqda


90. Uchrashuvga 3 daqiqa qo'shildi.


90+3. O'yin tugadi. "Monako" o'z uyida "Yuventus"ga mag'lub bo'ldi



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia