“Monako” ustozi Jardim mavsumning eng yaxshi murabbiyi

Aslanov Jasurbek
16 may 2017
“Monako” klubining portugaliyalik ustozi Leonardu Jardim Fransiya chempionatining eng yaxshi murabbiyi deb topildi.

Hozirda “Monako” 86 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilyapti. 17 may kuni monegaskliklar “Sent-Eten” jamoasini qabul qilishadi. Agar bu o'yinda “Monako” g'alaba qozonsa, Fransiya chempioniga aylanadi.


Ma'lumot uchun, “Monako” 42 yoshli mutaxassis qo'l ostida joriy mavsum Yevropa chempionlar ligasining yarim finali, Fransiya Liga kubogining finali hamda mamlakat kubogining yarim finaliga qadar yetib bordi.



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: