Mo'min Meliev: "2:0 hisobida oldinga chiqib olganimizdan so'ng erta hotirjamlikka berildik"

Aslanov Jasurbek
16 iyun 2020, 12:49
Coca Cola Superliga dastlabki uchta turida ikkita to'p kiritgan "Mashal" futbolchisi Mo'min Meliev "Surxon"ga qarshi uchrashuvda zaxirada qoldirildi.

Biz bu borada barchasiga aniqlik kiritish maqsadida Mo'min Melievga yuzlandik va fikrlari bilan qiziqdik.

"Uch oy futbolsiz qolgandik. Uy sharoitida mashg'ulotlarni bajardik. Ruxsat berilgach tezda jamoa bilan yig'ilib mazkur bahsga tayyorgarlikni boshladik. Hozirda hamma jamoa bir xil holatda. Lekin, jamoalarning sport formasi va jismoniy holatida farq bor. 2:0 hisobida oldinga chiqib olganimizdan so'ng juda erta hotirjamlikka berildik. Futbolchilardagi charchoq alomatlari yaqqol sezilib qoldi. "Surxon" safida bo'ydor va baquvvat futbolchilar bor. Standart vaziyatlarda yaxshi harakat qilishadi. Lekin, baribir standart vaziyatdan gol qo'yib yubordik. Termizga ko'tarinki kayfiyatda borgan edik. Murabbiylarimiz o'yindan oldin raqib haqida batafsil ma'lumot berishgandi. Qaysi joyda ularga bosim qilish yoki aksincha himoyalanish kerakligini tushuntirishdi. Issiq harorat o'yinga ta’sirini o'tkazdi. Soat 18:00 da ham bu yerda juda issiq bo'ladi. 

Nima uchun zaxirada qoldim? Bahsdan 5-6 kun oldin sog'lig'imda muammo paydo bo'ldi. Shu sababli jamoadoshlarimga yordam bera olmadim. Ko'pchilik bu haqida menga savol bilan murojaat qilishmoqda. Avvalgi uchta turda ikkita gol urdim. Murabbiylar bilan hech qanday kelishmovchilik bo'lgani yo'q. Keyingi turlarda maydonga tushib jamoamga yordam berishga harakat qilaman",- deydi Mo'min Meliev.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia