Moyes: Yanuzay bilan shartnomani uzaytirmoqchimiz

Narzulla Saydullayev
28 sen 2013, 11:28
Manchester Yunayted ustozi Devid Moyes klubning 18 yoshli yarim himoyachisi Adnan Yanuzay bilan shartnomani uzaytirmoqchi.
Yosh futbolchi Yuventus va Manchester Siti kabi klublar qiziqishiga sabab bo'ldi, biroq Moyes Yanuzaydan ko'p narsa kutmoqda.

  Yanuzay – MYU futbolchisi va umid qilamanki u klubda qoladi. O'ylashimcha, bu er yosh futbolchilar uchun yaxshi joy. Qobiliyatli yoshlarni tarkibga kiritish mening bosh maqsadlarimdan biri, Yanuzay esa o'ziga bildirilgan ishonchni oqlay boshladi.

Endi u asosiy tarkibga kirishni boshlashi lozim. Adnan qolishni istamoqda, - deydi Moyes.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru