Moyes "Real Sosedad"ni boshqarishi mumkin

29 okt 2014, 23:36
"Manchester Yunayted"ning sobiq bosh murabbiyi Devid Moyes Ispaniyada o'z faoliyatini davom ettirishga yaqin.
"Real Sosedad" rahbariyati jamoaning hozirgi murabbiyi Arrasatening ishlaridan qoniqmayapti va ushbu mutaxassis bilan hayrlashishi kutilmoqda.

Klub vakillari jamoaga Devid Moyesni taklif etish rejasini ko'rib chiqishmoqda.
Shuningdek, Xuande Ramos va Pepe Melning nomzodlari ham ko'rib chiqilmoqda.

Manba: soccer.ru