Modrich va Rakitich Xorvatiya termasiga borishmaydi

28 avg 2020, 01:55
Xorvatiya futbol federatsiyasi terma jamoaning sentyabr oyida Millatlar ligasida musobaqasida o'ynamaydigan futbolchilar nomini ma'lum qildi.

Yarim himoyachilar Luka Modrich va Ivan Rakitich terma jamoa bosh murabbiyi Zlatko Dalich bilan kelishuvga ko'ra terma lageriga borishmaydi. Shuningdek, himoyachi Marin Pongrachich ham betobligi bois  tarkibga jalb etilmaydi.

Ularning o'rniga hujumchi Antonio Cholak, Ante Budimir va himoyachi Mile Shkorich terma jamoa yig'iniga chaqiruv olgan.

Xorvatiya termasi sentyabr oyida Portugaliya va Fransiya termasi bilan kuch sinashadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Хорватия терма жамоаси Твиттери