Modrich "Real"ning umumiy guruhida, Beyl alohida mashg'ulot o'tkazdi
24 okt 2019, 21:20
"Real" La Liga doirasida "Leganes"ga qarshi o'yindan oldin mashg'ulot o'tkazdi
Yarim himoyachi Luka Modrich jarohatidan tiklanib umumiy guruhga qaytdi. Vinger Garet Beyl esa u ham mashg'ulotlarni boshladi, ammo individual shug'ullanmoqda. Nacho Fernandes va Marko Asensio jarohatidan tiklanishni davom ettirishmoqda.