Modrich: "Biz bu muvaffaqiyat bilan faxrlanishimiz kerak"

Sherzod Nurmatov
16 noya 2025, 16:45
Xorvatiya terma jamoasi Jahon chempionati final bosqichiga yo'llanma oldi va yana bir bor turnirning yuqori bosqichlariga chiqishga harakat qiladi.

Jurnalistlar tajribali Luka Modrichdan terma jamoasining muvaffaqiyati haqida so'radi.

"Jahon chempionatiga yo'llanma olish kichik narsa emas, bu - ajoyib tuyg'u. Biz bundan faxrlanishimiz kerak, hatto kimdir bizning muvaffaqiyatimizga nazar tashlab, "qanday kutilmagan voqea, biz Jahon chempionatiga chiqdik", desa ham", – dedi Modrich.

Eslatib o'tamiz, Jahon chempionati bir vaqtning o'zida uchta mamlakatda: AQSH, Kanada va Meksikada bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sportske novosti