MLSning mavsum futbolchisi e'lon qilindi

Mirjalol Normatov
6 dek 2024
Leo Messi MLSda mavsumning eng yaxshi futbolchisi bo'ldi.

"Inter Mayami" futbolchisi "gol+pas" tizimida 21+11 ochko jamg'ardi. Shuningdek, jarohati sababli bir qancha o'yinlarni o'tkazib yubordi.

Shuni qayd etish kerakki, Messi 90 daqiqada 2,18ta samarali harakat amalga oshirish natijasini bajardi. Bu esa MLS rekordi hisoblanadi.

Messi tarkibda bo'lib turganida "Inter Mayami" muntazam ligada faqatgina bir o'yinda mag'lub bo'ldi va o'rtacha har bir o'yinda 2,68ta gol urdi. Yana bir fakt: "Inter Mayami" ushbu mavsumda uyda va safarda 11tadan ko'proq g'alabaga erishgan ilk jamoaga aylandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: mlssoccer.com