Messiga sovrin topshirildi

Mirjalol Normatov
21 dek 2020, 23:36
"Barselona" sardori Leo Messi navbatdagi sovrinini qabul qilib oldi.

Unga mavsum to'purariga beriladigan Pichichi sovrini berildi. Argentinalik hujumchi o'tgan mavsumda 25 goli bilan to'purarlar ro'yxatida birinchi bo'ldi.

Shu orqali Messi ketma-ket beshinchi, umumiy hisobda ettinchi marta sovringa ega chiqdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal