MLS. 41-tur yakunlandi yoxud Ibra jamoasi mag'lub bo'lgan haftada Krkich gol urdi

Narzulla Saydullayev
1 okt 2019, 17:48
Kecha 30 sentyabr kuni AQSH MLS ligasida 41-tur o'yinlari bo'lib o'tdi.

O'rtamiyonalar qarama-qarshiligi

So'nggi marta o'tkazgan o'yinida musobaqaning "eng qoloq ishtirokchisi" nomini hech kimga bermay kelayotgan "Cinicinnati" bilan nursiz durangga imzo chekkan "Chikago Fayr" bu safar o'z maydonida yuqori o'rinlar uchun kurashayotgan "Toronto"ni qabul qildi. Ushbu bahsda tomonlar 2:2 hisobidagi jangovar sulhga rozi bo'lishdi. Barcha gollar ikkinchi bo'limda urildi. Chikagoliklardan Altidor va Omar Gonsaleslar o'zlarini ko'rsatishgan bo'lsa, mehmonlarda "joker"lar vazifalarini alo darajada bajarishdi. Gol mualliflari zahiradan tushgan Aleksandr Katai va Fabian Xerbers.



Autsayder ancha kech uyg'onmoqda

Mavsum boshidan beri, juda sust o'yin ko'rsatgan "Cincinnati" klubi qatorasiga uchinchi uchrashuvda kuchli klublardan ochko tortib olmoqda. Ular joriy turda o'z maydonlarida "Orlando Siti" bilan mardonavor kurashishdi va xattoki jamoa g'alaba qozonishiga ham bir bahya qoldi. Allan Krusning birinchi bo'lim ohirida kiritgan goliga, asosiy vaqtga qo'shib berilgan daqiqalarga kelibgina zahiradan o'yinga qo'shilgan Mishel javob qaytardi va jamoasini muqarrar mag'lubiyatdan saqlab qoldi.




Ashaddiy raqobatchilar bahsida hisob ochilmadi

So'nggi o'yinlarda juda ishonchli tarzda muvaffaqiyatli odimlayotgan "Nyu-York Red Bullz" bu safargi turda, o'z uyida doimiy taqib etib kelayotgan raqibi Ueyn Runi sardorligidagi jamoa "Di Si Yunayted" bilan kurash olib bordi. Uchrashuvda ikkala jamoa ham gol urish uchun bir qator imkoniyatlarga ega bo'lishdi. Ammo tomonlar vaziyatlardan samara chiqarishda oqsashdi va natijada nursiz durang qayd etildi.




"Inqilobchilar" peshqadamni mahv etishdi

Joriy tur "sensaciya"si aylangan o'yinda, sharqiy mintaqada uzoq vaqtdan beri peshqadam bo'lib turgan Nyu-York shahri bosh jamoasi "Nyu-Inglend" mehmoni bo'lib, kutilmaganda yutqazib qo'ydi. O'yinning ikkinchi yarmida Banberi va Gustavo Bou tomnidan kiritilgan gollar bahs taqdirini hal qildi. Nyu-Yorkliklarning bahtiga yaqin taqibchilari ham bu turda ochko yo'qotishdi va yetakchilar orasidagi farq deyarli o'zgarmay qoldi.




Atlantaliklar Monrealda mehmon


Uzoq vaqtdan buyon g'alaba nimaligini bilmay kelayotgan va Boyan Krkichdek xujumchisi bor "Monreal" klubi bu safar o'z uyida sharqda chempionlik uchun davogarlardan biri bo'lib turgan "Atlanta" jamoasini mehmon qildi. Juda qiziqarli kurashlarga boy o'tgan uchrashuvda oldiniga Gressel ikkinchi bo'lim boshida hisobni ochdi. Biroq, asta-sekin yuqori sport formasiga kirib borayotgan "Barselona" tarbiyalanuvchisi Krkich o'rtadagi muvozanatni tikladi va jamoasi joniga oro kirdi.




Autsayder yetakchini engdi

"Ekipajchilar" jamoasi turdagi navbatdagi "sensaciya"ni qayd etib berishdi va ular o'z maydonlarida so'nggi o'yinlarda ajoyib o'yinlari orqali chempionlik uchun keskin kurash olib borayotgan "Filadelfiya" klubini qabul qilishdi. Yunes Moxtar va Pedru Santushning qandaydir to'rt daqiqa ichida urgan gollari uchrashuv taqdirini hal qildi.




Yetakchi va o'rtamiyona bellashuvi


Avvalgi turda o'z muxlislari qarshisida o'ynab, "Filadelfiya"ga yutqazib qo'ygan "San-Xose" bu safar qarama-qarshi mintaqa yetakchilaridan biri "Sietl Saunders"ni mehmon qildi va yana bir alamli mag'lubiyatni tan olishga majbur bo'ldi. Asosiy vaqtga qo'shib berilgan so'nggi daqiqada Jordan Morris tomonidan kiritilgan gol mehmonlarga uch ochkoni taqdim etdi.




Yana bir o'rtamiyona va autsayder to'qnashuvi

So'nggi paytlarda, xech ishlari yurishmayotgan va quyi pog'onalardan birini band etib turgan "Xyuston Dinamo" bu safar ham musobaqaning kuchli klublaridan bo'lgan "Real Solt-Leyk" maydonida bahs olib bordi. O'yinga keladigan bo'lsak, dastlabki daqiqadayoq Kori Beyrd hisobni ochdi. Lekin birinchi bo'limning o'zida Martines gol urib, muvozanatni tikladi. Savarino uchrashuvning 75-daqiqasida to'p kiritib, jamoasiga g'alaba keltirdi.




Chempion Minnesotaga uchdi

Joriy musobaqaning mutlaq g'olibi "Los-Anjeles" oldingi turda Xyuston shahri jamoasini ayab o'tirishmagandi. Bu safar ular, butun mavsum davomida asosiy raqobatchilari bo'lib kelgan "Minnesota" klubi mehmoni bo'lishdi. Uchrashuvda, jamoalar bittadan gol urishdi va ochkolarni bo'lishib olishdi. To'g'ri, ko'rinishidan chempion endilikda ochko ulashish bilan band bo'ladi shekilli.




Autsayder los-anjelesliklarni to'xtatdi


"La Gelaksi"ni uch o'yinlik g'alabali seriyasi musobaqa jadvalida yaqqol autsayder bo'lib turgan "Vankuver"ga qarshi bahsda uzildi. Jamoa o'z maydonida o'ynaganiga qaramay, kutilmaganda yutqazib qo'ydi. Uchrashuvda, muhlislar gollar shousiga guvoh bo'lishdi. Hisobni ochib beruvchi golga mashhur Terri Anrining familiyadoshi Doniel Anri mualliflik qildi. Lekin, oradan uch daqiqa o'tar-o'tmas o'sha tinib-tinchimas Ibragimovich golli seriyasini davom ettirdi va so'nggi to'rtinchi o'yindagi oltinchi golini urdi. Bo'lim yakunlanmasidan Teo Beyr jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. O'yinning ikkinchi yarmida yana to'rtta gol urildi. Mezbonlarda Antuna va zahiradan maydonga tushgan Kris Pontius o'zlarini ko'rsatishgan bo'lsa, "Vankuver"dan Riketts va asosiy vaqtga qo'shib berilgan daqiqalarning so'nggisida Chirinoslar bittadan gol urishdi.




Dallasliklar Koloradoda mehmon bo'lishdi


Ohirgi paytlarda irodali g'alabalarni qo'lga kiritayotgan "Kolorado" o'z maydonida raqobatchilaridan biri "Dallas"ni qabul qildi. Jamoa bu safar, yirik hisobda muvaffaqiyat qozondi. Oldiniga, Prays va Rubiolar bittadan gol urishdi. Ikkinchi bo'limda Kamara chiroyli goli bilan yakuniy hisobni o'rnatdi. Ushbu g'alabadan keyin, "Kolorado" "Dallas"ga maksimal darajada yaqinlashib oldi.




O'rtamiyona va autsayder jangi

O'tgan turda "Minnesota"ga mehmonda mag'lub bo'lgan "Sporting Kanzas-Siti" o'z uyida oldingi bahsda ham durangga rozi bo'lgan va turnir jadvalining ekvatoriga joylashgan "Portlend Timbers"ni mehmon qildi. Dastlab, Sebastyan Blanko hisobni ochdi. Biroq, oradan bir daqiqa o'tmasidan Nemet farqni tikladi. Ikkinchi bo'limda Shalloi gol urgan bo'lsa, Dayron Asprilya belgilangan 11 metrli jarima zarbasidan unumli foydalandi va jamoasini mag'lubiyatdan qutqarib qoldi.



Xondamir Hakimov tayyorladi

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia