Mixaylovich: "Milan"da qolishni istardim, ammo bu faqatgina menga bog'liq emas"

Aslanov Jasurbek
12 mar 2016, 15:49
"Milan" bosh murabbiyi Sinisha Mixaylovich klubdagi kelajagi borasida fikr bildirdi.

Kecha mutaxassis klub prezidenti Silvio Berluskoni bilan uchrashdi.

"Sassuolo"ga qarshi bahsdan so'ng kelajagim borasida yana mish-mishlar tarqaldi. Ammo bunga o'rganib qoldim. Boshqa murabbiylar kabi mavsum oxirida menga ham baho berishadi. Klubda qolishni istardim va bu faqatgina menga bog'liq emas.

Men faqat oldimizdagi uchrashuvlarga e'tibor qarataman" - deydi Mixaylovich.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Milan Channel