Misr termasi bosh murabbiysiz qoldi

Mirjalol Normatov
7 iyul 2019, 10:57
Hozircha bu ma'lumot rasman e'lon qilinmagan.

"KingFut" xabariga ko'ra, kecha Misr termasi Afrika Kubogi 1/8 finali doirasida JAR termasiga mag'lub bo'lganidan keyin Agirre iste'foga chiqish borasida ariza yozgan. Shuningdek, mamlakat futbol Assotsiatsiyasi prezidenti Xani Abo Rid ham o'z joyini bo'shatib qo'ymoqchi.

60 yoshli Agirre o'tgan yilning avgustida terma boshqaruvini o'z qo'liga olgandi. Uning shartnomasi 2022 yilga qadar mo'ljallangandi. Agirre bunga qadar "Osasuna", "Atletiko", "Saragosa" va "Espanol" kabi klublar hamda Meksika va Yaponiya termalaridagi faoliyati bilan mashhur.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: KingFut