Misr FA prezidenti: “Real” Salaxning transferini yozda amalga oshiradi”

Aslanov Jasurbek
22 yanv 2018
Misr Futbol Assotsiatsiyasi prezidenti Abo Ridaning aytishicha, “Real” klubi “Liverpul” hujumkor yarim himoyachisi Muhammad Salaxning transferi yuzasidan rasmiy taklifni yozda yuboradi.

“Salax o'z ustida ishlashda davom etib, dunyo tan olgan futbolchilar safidan joy olishga intilyapti. Agar u faoliyatini “Real”ada davom ettirsa, bu Misr futboli uchun ajoyib yangilik bo'lardi. Ishonchim komil, “Qirollik klubi” yozda bu transferni amalga oshiradi”, – dedi Rida.

Avvalroq, Misr terma jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuper “Real” klubining Muhammad Salaxga jiddiy tarzda e'tibor qaratayotgani va bu transfer o'zini uzoq kuttirmasligini aytgan edi. 


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: