
Olgan ma'lumotlarimizga ko'ra, "gazchilar"ning chap qanot yarim himoyachasi Mirzohid G'ofurovga Qozog'iston super ligasi vakillaridan chorlov bo'lmoqda. Buni "Mashal" PFK rasmiylari ham tasdiqladi. Ammo taklif bilan chiqayotgan jamoalarning nomi hozircha sir tutilmoqda. Chunki ayni paytda har ikki klub rahbarlari bu borada muzokara o'tkazmoqda. Agarda tomonlar kelishuvga erishsa, shundagina bu haqda aniq ma'lumot berilishi aytilmoqda. Eslatib o'tamiz, G'ofurov yaqindagina muborakliklar bilan amaldagi shartnomasini yana 2 yilga uzaytirgandi.