
- Bugungi g'alaba bilan muxlislarimizni, qolaversa futbolchilarimizni tabriklamoqchiman. Juda og'ir mavsumni boshdan o'tkazdik. Lekin juda unumli bo'ldi: kubokni qo'lga kiritdik, yoshlarimiz chempion bo'lishdi va asosiy jamoa ham oltin medallarga ega chiqdi. Bu yutuq biz uchun juda qimmatli edi. Boisi o'tgan mavsum o'z xatoimiz evaziga oltin medallarni berib qo'ygandik. Bu yil muxlislar uchun juda qiziqarli mavsum bo'ldi, degan bo'lardim. Kurash oxirgi turlargacha qiziq davom etganini eslolmayman. Bugun bizni faqat va faqat o'z o'yinimiz qiziqtirdi. Boshqa viloyatlardagi hisobga e'tibor qaratmadim. Maydonning holati har ikkala jamoa a'zolarining kombinacion o'yin ko'rsatishiga imkon bermadi. Shuning uchun ham o'yin kurashlarga boy o'yin bo'ldi va futbolchilar shifokorlar yordamiga muhtojlik sezishdi. Zominda shahrida birinchi bo'lishim. Bu shahardagi shirin xotira bir umrga yodimda qoladigan bo'ldi, - deydi Mirjalol Qo'shoqovich.