Miranda: "Belgiya yarim finalga chiqishga haqli edi"

Tolibjon Qosimov
7 iyul 2018, 19:53
Braziliya terma jamoasi himoyachisi Miranda chorak finalda Belgiyadan uchralgan mag'lubiyat (1:2)dan keyin fikrlarini bildirib o'tdi.

"Roberto Martines shogirdlarini tabriklayman. Ular bizdan farqli o'laroq o'z imkoniyatlaridan samarali foydalanishdi. O'ylashimcha, raqib keyingi bosqichga o'tishga haqli edi.

Bu Braziliya terma jamoasi uchun juda og'ir mag'lubiyat. Hozir hammamiz g'azabdamiz. Lekin, qo'limizdan kelgan hammasini qildik", - dedi Miranda.


Belgiya terma jamoasi yarim finalda Fransiya bilan to'qnash keladi. Uchrashuv 10 iyul kuni Sankt-Peterburgda o'tkaziladi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Газета.ru