Mino Rayola shoshilinch tarzda operaciya qilindi

Оқил Абдубарноев
12 yanv 2022, 19:06
Mashhur futbol agenti Mino Rayola shoshilinch ravishda operaciya stoliga yotishga majbur bo'ldi.

Unga nima bo'lgani to'g'risida hozircha ma'lum qilinmagan. Manbada faqatgina futbol olamidagi mashhur menejer va agent Milandagi "San-Rafaelo" klinikasida shifokorlar nazorati ostida ekanligi aytiladi.

Italiyada tug'ilgan Mino Niderlandiyada ulg'aygan hamda o'zining ilk transferlarini 1990 yillarning boshida amalga oshirgan. Hozirda etti tilni yaxshi biladigan Rayola eng mashhur va nufuzli futbol agentlaridan biri hisoblanadi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif