Mini-futbol bo'yicha nogiron-amputantlar o'rtasidagi O'zbekiston chempionatining 3-tur bahslari start oldi

Sherzod Nurmatov
17 okt 2021, 19:18
Jizzax viloyati mezbonlik qilayotgan mazkur turda 8 ta jamoa yuqori o'rinlar uchun kurash olib borishmoqda.

Bular - "Matonat", "Baynal-Minal", "Jizzax", "Andijon", "Farg'ona", "Zomin", "Qo'qon", "Namangan".

Uchrashuvlar oldidan 3-tur ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Marosimda jamoalar hamda musobaqa tashkilotchilari, jumladan, JFA birinchi vice-prezidenti A. Musulmonov hamda Turizm va sport bosh boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari Inom Tojiboev, Nogiron-amputantlar futbolini rivojlantirish markazi raisi Rustam Mehmonov hamda Osiya amputantlar futboli assotsiatsiyasi vice-prezidenti Rovshan Mehmonov ishtirok etdi. Tashkilotchilar mazkur musobaqada qatnashayotgan barcha jamoa a'zolariga omad tilashdi va 3-tur bahslariga start berildi.

3-turning dastlabki kun uchrashuvlari natijalari bilan tanishing:

Farg'ona - Qo'qon 8:1

Andijon - Zomin 7:1

Matonat - Jizzax 7:0

Baynal-Minal - Qo'qon 5:1

Baynal-Minal - Farg'ona 6:0

Qo'qon -Matonat 1:6

Jizzax - Andijon 5:1

Zomin - Farg'ona 2:7

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia