

Uchrashuvning 80-daqiqasida jarohat olgan Jordan Xenderson o'rniga Jeyms Milner maydonga tushdi.
Bu 34 yoshli Milner uchun APLdagi 536-o'yin bo'ldi. Natijada Jeyms APL tarixida eng ko'p o'yin o'tkazgan futbolchilar reytingida 5-o'ringa chiqib oldi.
APLda o'yin o'tkazish bo'yicha rekordchilar:
- Garet Barri - 653
- Rayan Giggz - 632
- Frenk Lempard - 609
- Devid Jeyms - 572
- Jeyms Milner - 536
- Geri Spid - 535




