"Milliy" stadionining chimini yangilash uchun FIFA pul to'laydi

Narzulla Saydullayev
5 dek 2018, 11:27
Shu kunlarda Toshkentda FIFA Forward dasturi bo'yicha seminar bo'lib o'tdi.

Seminar doirasida bir qator masalalar muhokama qilindi. Qatnashchilarga  FIFA Forward dasturidan unumli foydalanish bo'yicha tegishli ko'rsatmalar berildi.

Seminar so'nggida FIFA vakillari Elia de Santis va Leonard Greter "Milliy" stadioniga tashrif buyurishdi. Ular yangi mavsum oldidan stadion chimini FIFA Forward dasturi orqali yangilash bo'yicha bosqichma-bosqich amalga oshiriladigan chora-tadbirlar haqida tegishli ko'rsatmalar berib o'tishdi.

Mazkur loyiha bo'yicha kelgusida "Milliy" stadionining chimini yangilash ishlari FIFA Forward dasturi orqali moliyalashtirilishi ko'zda tutilgan. Shuningdek, FIFA vakillari "Milliy" stadion bilan yaqindan tanishib, faxriy mehmonlar kitobida o'z tilaklarini yozib qoldirishdi. 

 

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ufa.uz