Milliy terma JAR stadionida mashg'ulotlarga kirishdi (fotogaleraya)

Narzulla Saydullayev
28 avg 2013, 23:23
Mirjalol Qosimov bosh murabbiyligidagi O'zbekiston milliy terma jamoasi 28 avgust kuni Toshkentdagi JAR stadionida Iordaniyaga qarshi pley-off uchrashuvidan oldingi o'quv-mashg'ulot yig'inini boshlagani haqida avvalroq xabar bergan edik.
Iordaniyaga qarshi o'yinlar oldidan milliy terma jamoa bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov tomonidan e'lon qilingan ro'yxatdan jami 25 nafar futbolchi o'rin olgan.

Takidlash lozim, horij chempionatlarida to'p surayotgan o'zbekistonlik futbolchilarning aksariyati milliy chempionat va kubok o'yinlarida to'p surishlari bois, yig'inga 1 sentyabrdan boshlab qo'shiladilar. Ayni damda milliy terma jamoa 14 nafar mahalliy futbolchilardan iborat tarkib bilan mashg'ulotlarga kirishdi. Mashg'ulotlar Toshkentdagi JAR stadionida o'tkaziladi.

Quyida milliy terma jamoa mashg'ulotlarining ilk kunidan fotosuratlarni tomosha qilishingiz mumkin. Suratlar muallifi, O'FF rasmiy fotomuxbiri Hasan Pirmuhamedov.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com