Milinkovich-Savichning otasi o'g'lining yangi jamoasini aytdi

Mirjalol Normatov
17 iyun 2018
"Lacio" futbolchisi Sergey Milinkovich-Savichning otasi o'g'lining kelajagi haqida gapirdi.

"Sergey bilan ko'p bora gaplashib oldim, unga "Yuventus" juda mos tushadi. Turin superklubida u bir necha yillar to'p suradi, u erdagilar futbolchilarni yaxshi tarbiyalay olishadi, o'zi ham rivojlanadi.

Undan tashqari, skudetto, Italiya kubogi, balki Yevropa chempionlar ligasi sovrini sohibi bo'lishi mumkin. "Yuventus" bunday turnirlarni yuta oladi. Agarda u "Yuventus"ga o'tsa, kelajakda "Oltin to'p"ga ham davogarlik qilishi mumkin", - dedi ota.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Italia