"Al Hilol" yetakchilaridan biri bilan shartnomani uzaytirdi

Sherzod Nurmatov
27 okt 2025, 13:56
Serbiyalik yarim himoyachi Sergey Milinkovich-Savich "Al Hilol" bilan yangi shartnoma tuzdi.

Bu haqda Saudiya Arabistoni klubi rasmiy sayti xabar berdi.

30 yoshli serbiyalikning yangi bitimi 2028 yilgacha amal qiladi. Milinkovich-Savich 2023 yil iyul oyida 40 million evro evaziga Italiyaning "Lacio" jamoasidan kelib qo'shilgandi. U jamoa bilan Saudiya Arabistoni chempionati, Saudiya Arabistoni Kubogi va ikkita Saudiya Arabistoni Superkubogini qo'lga kiritdi.

Milinkovich-Savich Serbiya terma jamoasi safida 54 o'yin o'tkazib, 9 ta to'p kiritgan va 2018 va 2022 yillardagi Jahon chempionatlarida, shuningdek, Evro-2024 da o'ynagan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: alhilal.com