"Milan"ning 3 nafar futbolchisi transferga qo'yildi

Sherzod Nurmatov
20 iyul 2023, 17:28
Klub ular bilan hisoblashmaydi.

"Milan" himoyachisi Fode Ballo-Ture, vinger Ante Rebich va hujumchi Divok Origi jamoa bilan mavsumoldi turga bormaydi. Bu haqda insayder Fabricio Romano xabar berdi.

3 nafar futbolchi ham transferga qo'yilgan. Ballo-Ture bo'yicha allaqachon muzokaralar olib borilmoqda. Qolgan ikki futbolchi uchun hozircha aniq takliflar yo'q.

Shu bilan birga, "rossoneri" ham tarkibni kuchaytirish ustida ishlayapti. Mavsum oldidan "qizil-qoralar" 5 nafar futbolchi bilan shartnoma imzolashdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano