"Milan" - "Yuventus". "Italiya klassikosi" yulduzlari

Narzulla Saydullayev
9 apr 2016, 13:18
Bugun tunda Italiya A seriyasi 32-turi doirasida "Milan" va "Yuventus" o'rtasidagi o'yin bo'lib o'tadi.
Bu ikki klub bugunga qadar Italiya chempionati doirasida 165ta o'yin o'tkazgan. 60ta uchrashuvda Turin klubi g'olib chiqqan bo'lsa 48ta o'yinda "rossonerlar"ning qo'li baland kelgan. 57ta bahs durang bilan yakuniga etgan.

"Byankonerilar" 230ta to'p kiritishgan, "Milan" hisobida 215ta gol mavjud. O'zaro o'yinlardagi eng yirik g'alaba 7:1. 1950 yilda Turinda o'tgan bahsda "Milan" shunday hisobda zafar quchgan.

O'zaro o'yinlarda "rossonerlar" so'nggi bor 2012 yilda g'alaba qozonishgan. Shundan keyin Italiya A seriyasi doirasida o'tgan 6ta o'yinning barchasida "Yuve" g'alabaga erishgan.

Bugungi "Italiya klassikosi" Toshkent vaqti bilan soat 23:45da boshlanadi.

Uchrashuvdan oldin biz ikkala jamoa safida bugun maydonga tusha oladigan eng mashhur va foydali futbolchilarni tanishtiramiz.


"YUVENTUS"



Janluiji Buffon


Leonardo Bonuchchi



Pol Pogba



Klaudio Markizio



Alvaro Morata



Mario Mandjukich


"MILAN"


Janluiji Donnarumma



Alessio Romanoli



Jakomo Bonaventura



Karlos Bakka



Luis Adriano


Bonus: Mario Balotelli


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia