Milan – Yuventus. Balotelli o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin

Aziz Tukhtamuradov
27 fev 2014, 20:45
O'yinda “Milan” hujumchi Mario Balotellining ishtirok etishi so'roq ostida turibdi. .

23 yoshli futbolchi haligacha elkasidan olgan jarohatidan forig' bo'lmagan. U shuningdek, “rossoneri”larning bugungi mashg'ulotini ham o'tkazib yuborgan.

Eslatib o'tamiz, u Chempionlar Ligasida “Atletiko”ga qarshi (0:1) o'yinda jarohat olgan edi.

Shuningdek, Italiya chempionati 25-tur doirasidagi “Sampdoriya”ga qarshi (2:0) o'yinda ham u ishtirok etmadi.  


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: sports.ru