"Milan" yarim himoyachi Krunich bilan shartnomani uzaytirmoqchi

Alisher
7 dek 2021, 16:28
"Milan" yarim himoyachi Rade Krunich bilan shartnomani uzaytirmoqchi.

Ushbu haftada Milan klubi rahbariyati 28 yoshli bosniyalikning agenti bilan uchrashuv o'tkazadi.

O'yinchining amaldagi shartnomasi 2024 yilga qadar mo'ljallangan. "Rossonerilar" yaxshilangan shartlar bilan 2025 yilga qadar shartnoma imzolashmoqchi.

Krunich joriy mavsum "Milan" safida barcha musobaqalarda 13ta o'yinda maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Calciomercato