"Milan" van Ginkelni ijaraga olganini tasdiqladi

2 sen 2014, 00:00
"Milan" jamoasi Londonning "Chelsi" klubi futbolchisi Marko van Ginkelni ijaraga oldi.

Ushbu futbolchi o'tgan mavsumni jarohati tufayli o'tkazib yuborgan edi. "Rossonerilar" Marko van Ginkelni bir yil muddatga ijaraga olganini rasman ma'lum qildi.
"Milan" klubi ushbu futbolchining ijarasi uchun 400 ming evro to'laydi. Agarda futbolchi ushbu mavsumda 20 tadan ortiq o'yinda maydonga tushsa, unda milanliklar "Chelsi"ga 100 ming evro, agarda 20 tadan kam uchrashuvda maydonga tushsa 200 ming evro to'lashadi.


Manba: sports.ru