"Milan" rahbariyati Ibragimovich agenti bilan 4 soatlik muzokara o'tkazdi

Aslanov Jasurbek
20 noya 2018, 13:44
"Milan" rahbariyati "Los-Anjeles Gelaksi" hujumchisi Zlatan Ibragimovich agenti Mino Rayola bilan muzokara o'tkazdi.

Ma'lumotlarga ko'ra, muzokaralar 4 soat davom etgan. Muhokamaning asosiy mavzusi Ibragimovichning rossonerlar safiga qaytishi bo'ldi. Zlatan 2010-2012 yillarda "Milan" sharafini himoya qilgan.

Oldinroq, Italiya klubi forvardga 1 yilga uzaytirish sharti bilan 6 oylik shartnoma taklif qilgani e'lon qilingan edi. Ibragimovich esa 18 oylik bitim xohlayapti. Forvard va "Los-Anjeles Gelaksi" o'rtasidagi bitim bir yildan so'ng yakuniga etadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Milan News