"Milan" qishda ikkita ajoyib transfer amalga oshirishga tayyorlanmoqda

Mirjalol Normatov
3 dek 2018, 21:43
"Milan" qishki transferlar oynasi vaqtida faol bo'lishi mumkin.

"Sport.es" xabariga ko'ra, "rossonerilar" ayni damda "Los-Anjeles Gelaksi" forvardi Zlatan Ibragimovich va "Chelsi" yarim himoyachisi Sesk Fabregas bilan shartnoma imzolash ishlarini olib bormoqda.

Ayni damda "Milan"ning 7 futbolchisi lazaretda bo'lib turibdi. Shu boisdan jamoadagilar qishda ularning ayrimlari o'rniga boshqa futbolchi transfer qilishlari mumkin.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sport.es