"Milan" Pioli bilan shartnomani uzaytirdi

Mirjalol Normatov
31 okt 2022, 22:16
Stefano Pioli "Milan"da uzoq vaqt qoladi.

Klub jamoa bosh murabbiyi bilan shartnoma uzaytirilganligini ma'lum qildi. Yangi kelishuv 2025 yil yoziga qadar davom etadi. Amaldagi kelishuv esa ushbu mavsumdan keyin yakuniga etadi.

Pioli 2019 yildan buyon "Milan"da ishlamoqda. Uning qo'l ostida "rossoneri" 11 yil deganda chempionlikni qo'lga kiritdi. Ayni damda esa jamoa 26 ochko bilan A Seriya turnir jadvalida 3-o'rinda bormoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/acmilan