"Milan" muxlisi Allegrini sotuvga qo'ydi

Tolibjon Qosimov
30 okt 2013, 12:20
"Milan" muxlislaridan biri jamoa natijalaridan norozi ekanini bildirishning noodatiy yo'lini topdi, deya xabar bermoqda Football Italia.
U jamoa bosh murabbiyi Massimiliano Allegrini internet-aukcionlardan birida sotish uchun e'lon berdi. Unda fanat "maxsulot"ni quyidagicha tariflaydi: "Umuman xaraktersiz, futbolchilarni o'yinlarga tayyorlashni eplay olmaydigan bosh murabbiy sotiladi".

Undan tashqari "akciya" doirasida mijozlarga  yordamchi murabbiy Mauro Tassottini ham sotib olishni taklif qilgan.

Eslatib o'tamiz, ayni vaqtda "Milan" Italiya chempionatida o'tkazilgan 9 turdan keyin, 11 ochkoga ega bo'lgan holda, turnir jadvalining 10-pog'onasidan o'rin egallab turibdi.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sport-express.ru