"Milan" "Manchester Yunayted" o'yinchisini xarid qilishi mumkin

Alisher
26 fev 2024, 00:33
"Milan" "Manchester Yunayted" himoyachisi Viktor Lindelyofga qiziqmoqda.

"Rossoneri" yaqin yozda 29 yoshli shved bo'yicha taklif berishi mumkin.

Viktor Lindelyof 2017 yilning yozidan beri "Manchester Yunayted"da o'ynaydi. Himoyachi jami 253ta rasmiy o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 7ta assist qayd etgan.

Transfermarkt Viktorni 18 million evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Fichajes