"Milan" "Liverpul" himoyachisi bilan muzokaralarni boshladi

Alisher
1 iyul 2019, 17:10
"Liverpul" himoyachisi Deyan Lovren faoliyatini Italiyada davom ettirishga yaqin.

Milanliklar Xorvatiya terma jamoasi futbolchisi bilan muzokaralarni boshlab yuborishdi. 

O'yinchining agenti Predrag Miyatovich bitim shartlarini muhokama qilish maqsadida Italiya klubi ofisiga tashrif buyurgan.

29 yoshli Lovren faoliyatini Zagrebning "Dinamo" klubida boshlagan va shu klub tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Futbolchi "Liverpul"dan tashqari Zapreshichning "Inter", "Lion" hamda "Sautgempton" klublarida to'p surgan. Deyan 2009 yildan buyon Xorvatiya terma jamoasi sharafini himoya qiladi.

Futbolchi yakunlangan mavsum barcha turnirlarda 30ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Gazzetta dello Sport