

"La Gazzetta dello Sport" xabariga ko'ra, klublar futbolchining yozda bo'ladigan transferi borasida kelishib olishgan.
22 yoshli markaziy himoyachiga "Nyukasl" ancha vaqt davomida da'vogarlik qilib turdi. Ammo u yakunda "Milan"ni tanladi.
Ushbu mavsumda Botman "Lill" tarkibida 25 o'yinda qatnashib, 3 gol va 1 assist qayd etdi. Uning transfer summasi 30 million evroga baholanmoqda.



