"Milan" Kalabriya bilan shartnomani uzaytirmoqchi

Alisher
22 yanv 2021, 14:30
"Milan" himoyachi Davide Kalabriya bilan yangi shartnoma borasida muzokaralar olib bormoqda.

24 yoshli italiyalik futbolchining amaldagi shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

Klub rahbariyati o'yinchining vakillari bilan muzokaralar olib bordi va Kalabriyaning maoshini biroz ko'tarishga vada berishdi. Futbolchi "rossonerilar" bilan shartnomasini uzaytirishga tayyor.

Kalabriya joriy mavsum A Seriya doirasidagi 18ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Calciomercato