

Futbolchi iyun oyida faoliyatini yakunlaganini rasman e'lon qilgandi.
Ma'lumotlarga qaraganda, "rossoneri" rahbariyati Zlatan bilan uchrashib ulgurgan. Uchrashuv ijobiy ruhda o'tgani aytilmoqda. "Milan" Ibragimovich jamoaga qaytishini istamoqda, lekin hozircha shvetsiyalik qaysi lavozimda faoliyat olib borishi aniq emas.
Yaqin vaqtda Zlatan kelajagi borasida yakuniy qarorni qabul qilishi kutilmoqda. Ibragimovichga ish bo'yicha takliflar etarli, ekanligi aytilmoqda.



