"Milan" Gattuzo bilan kelishuvni uzaytirmoqchiligini tasdiqladi

Tolibjon Qosimov
20 mar 2018, 20:59
"Milan" rahbariyati Jennaro Gattuzoning ishini mamnun.

Klub rasmiy sayti murabbiyning kelajagiga bog'liq xabarni chop etdi. Amaldagi shartnoma joriy mavsum oxirida yakuniga etadi.

"Oxirgi to'qqizta o'yindan beshtasi safarda, Italiya kubogidagi qo'shimcha bo'limlar va Astorining o'limidan keyingi ruhiy zarbadan so'ng shartnomani uzaytirish borasidagi muzokaralar muhim. "Rossonerlar" 2018 yilni to'rtinchi o'rindan 14 ochko ortda qolgan holda boshladi, endi esa oltinchi o'rindamiz va Italiya kubogi finaliga chiqdik. Bu Gattuzo va futbolchilarning ulkan mexnatidan dalolat. Shu sabab, murabbiy bilan shartnomani uzaytirish birinchi planga chiqishga haqli", - deb yozdi klub matbuot xizmati.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: twitter.com/acmilan