"Milan" Ekitikega ko'z tikdi

Sherzod Nurmatov
17 avg 2023, 18:53
Futbolchi transferga shubha qilmoqda.

Hujumchi Ugo Ekitike PSJ bosh murabbiyi Luis Enrikening endigina boshlangan mavsum uchun rejalariga kiritilmagan.

Ma'lumki, futbolchining nomzodi milanliklar tomonidan Olive Jiruga muqobil variant sifatida ko'rib chiqilmoqda. "L'Equipe" nashri xabariga ko'ra, hujumchining o'zi Liga 1'da qolib, xususan, "Lans"da o'ynashni afzal ko'radi.

Ekitike o'tgan mavsum 32 ta o'yin o'tkazib, 4 ta to'p kiritgan va 4 ta golga assistentlik qilgan.

O'xshash yangiliklar

Sherzod NurmatovMuallif
Manba: L'Equipe