“Milan” Bonuchchi uchun 42 million evro to'laydi

Aslanov Jasurbek
15 iyul 2017, 01:25
Himoyachi Leonardo Bonuchchining “Yuventus”dan “Milan”ga transferi narxi ma'lum bo'ldi.

“Rossoneri”lar Italiya terma jamoasi futbolchisi uchun Turin klubiga uch yil davomida jami 42 million evro mablag'ni to'lab berishadi.

Yaqin vaqt ichida Bonuchchi “Milan”da tibbiy ko'rikdan o'tadi va yangi jamoasi bilan besh yillik shartnomaga imzo chekadi.


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: «Милана» расмий сайти